🎓 Osiyo Xalqaro Universitetidan TARIXIY IMKONIYAT! 📢 2025–2026 o‘quv yili uchun 200 TA GRANT ajratiladi!

✅ Bu grantlar OXU tarixida birinchi marta taqdim etilmoqda! Ular quyidagicha taqsimlanadi:

🔹 100 ta grant – yangi abituriyentlar uchun 🔹 100 ta grant – OXUda hozirda o‘qiyotgan talabalar uchun

🎯 Grant toifalari:Grantlar 4 kategoriya bo‘yicha taqdim etiladi: ☑️ 25% ☑️ 50% ☑️ 75% ☑️ 100% Grant yutib olgan talaba bir yil davomida shu imtiyoz asosida tahsil oladi. Har yili grant talabaning baholari va faolligiga qarab qayta ko‘rib chiqiladi.

📌 **Yangi abituriyentlar uchun grant qanday beriladi?**Abituriyentlar OXU kirish imtihonlarining ikki bosqichida ishtirok etishlari kerak:

1️⃣ 1-bosqich Test sinovi– Maksimal 150 ballik testdan kamida 120 ball to‘plagan abituriyentlar

2-bosqich – Suhbat bosqichiga tavsiya etiladi.

2️⃣ 2-bosqich – Suhbat (intervyu)– Talabaning maqsadi, nutqi, fikrlashi, yetakchilik qobiliyati baholanadi.

📅 Muhim sana: Abituriyentlar 2025-yil 1-avgustga qadar OXU test imtihonlarini topshirgan bo‘lishlari kerak.

📚 OXUda hozirda o‘qiyotgan talabalar uchun grantlar quyidagi mezonlar asosida beriladi:

🔸 Akademik natijalari (baholari) 🔸 Darslarga qatnashuv darajasi 🔸 Universitet hayotidagi faollik 🔸 Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi ishtirok 🔸 Loyihalarda faol ishtirok 🔸 Universitet administratsiyasi tavsiyasi

📍 Eslatma: – Grantlar faqat bitta o‘quv yiliga taqdim etiladi. – Keyingi yildagi grant yoki kontrakt asosida o‘qish holati talabaning o‘z natijalariga bog‘liq. – Har bir grant to‘liq shaffof va adolatli mezonlar asosida belgilanadi.

📢 Imkoniyatni boy bermang! OXU’da bilim, iqtidoringiz va mehnatingiz munosib baholanadi.